Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 kishi O‘zbekistonga olib kelindi
Interpol Toshkent va Anqara milliy markaziy byurolarining o‘zaro hamkorligi ijobiy natija berdi - bir reysda Turkiyadan O‘zbekistonga olti nafar qidiruvdagi jinoyatchi olib kelindi.
Interpol tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar doirasidagi uchrashuvlarda Toshkent va Anqara milliy markaziy byurolari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlar asosida Anqara Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari bevosita ko‘magida xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan olti nafar jinoyatchi topshirildi.
Ular turli jinoyatlar, jumladan, odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoyatchilar Anqara Interpol milliy markaziy byurosi va Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi xodimlari kuzatuvida olib kelindi.
Olti nafar shaxslarning barchasi keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston tomoniga – Toshkent Interpol milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
15:09 / 05.02.2026
Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
15:41 / 01.02.2026
Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gurjistondan ekstraditsiya qilindi
13:09 / 27.01.2026
BBC: Interpol Moskvaga xorijdagi rossiyaliklar haqidagi ma’lumotlarni uzatgan
12:07 / 17.01.2026