Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkalarini sotish tartibi soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan elektron auksionlar orqali yer uchastkalarini sotish va kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjat quyidagilarga qaratilgan:
- hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari ustidan nazorat jarayonini takomillashtirish;
- auksionlarda ijara huquqi bilan sotib olinadigan yer uchastkalarini birlashtirish imkoniyatini yaratish;
- yer-huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash;
- kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat-tadbirkorlik zonalarida investitsiya muhitini yanada yaxshilash.
Xususan, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini isloh qilish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy ko‘p kvartirali turar joylar qurish ko‘lamini yanada kengaytirish uchun quyidagilar belgilandi:
- kichik sanoat zonalari va yoshlar tadbirkorlik zonalari (YoTZ) hududida joylashgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionlarda sotishda sanoat zonalari direksiyalari buyurtmachi deb tan olinadi;
- olis va cho‘l hududlarda tashkil etilayotgan YoTZ ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyat xalq deputatlari kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi, ular zarurat tug‘ilganda unga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi.
2025 yil 5 sentabrdan boshlab olis va cho‘l hududlarda joylashgan YoTZ hududidagi bo‘sh yer uchastkalari 1 so‘m narxida elektron onlayn-auksionga chiqariladi.
Yerelektron avtomatlashtirilgan axborot tizimida «Olis va cho‘l hududlarda joylashgan YoTZdagi bo‘sh yer uchastkalari» alohida bo‘limi yaratiladi.
Ko‘p kvartirali turar joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha auksion g‘olibi tuman (shahar) hokimiyati bilan «Elektron auksionlarni tashkil etish» AJda ro‘yxatga olinadigan elektron shartnoma (oferta) tuzadi va quyidagi muddatlarni nazarda tutadi:
- ko‘p kvartirali turar joylar qurish uchun auksionda sotilgan yer uchastkalari bo‘yicha loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash uchun 15 kun;
- loyiha ishlarini bajarish uchun 2 oy va qurilish ishlarini boshlash uchun 3 oy;
- yer uchastkasida qurilishi rejalashtirilgan obektni foydalanishga topshirish.
Auksion taklifi talablari bajarilmaganda yer uchastkasi belgilangan tartibda qaytarib olinadi va takror savdolarga chiqariladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va shaharsozlik maqsadlarida elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinadigan yer uchastkalarida qurilish ishlari boshlanganidan ularni foydalanishga topshirilguniga qadar barcha jarayon bosqichlarini «Onlayn mahalla» elektron platformasida monitoring qilish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
11:43 / 05.11.2025
Yangi aeroport loyihasi: yer taqsimoti va rasmiylashtirishga vaqtincha cheklov qo‘yiladi
14:56 / 29.10.2025
Asakabankning Toshkentdagi binosi 187,7 milliard so‘mga sotildi
17:03 / 28.10.2025
O‘zbekistonga “begona” mashina – qarovsiz qoldirilgan Nissanʼning sarguzashtlari
10:38 / 15.10.2025