Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi
“Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;
🔹 sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi E-ekspertiza axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to‘liq joriy etiladi.
E-ekspertiza platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo‘lga qo‘yiladi:
🔸 2026 yil 1 yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
🔸 2026 yil 1 iyundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
🔸 2026 yil 1 sentabrdan tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.
Mavzuga oid
19:02 / 01.05.2026
O‘zbekiston sun’iy intellekt davriga kiryapti: prezident qanday vazifalarni qo‘ydi?
19:07 / 21.01.2026
Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanadigan mamlakatlar aniqlandi – O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlarda
09:14 / 20.01.2026
Ichki ishlar tizimida migratsiya xizmatlari raqamlashtiriladi: “Aqlli” shoxobchalar joriy etiladi
14:34 / 05.01.2026