Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamala Harris o‘z kitobida Jo Baydenni tanqid qildi
AQSh sobiq vitse-prezidenti so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi muddatga saylanish to‘g‘risidagi qaror Jo Bayden va birinchi xonim tomonidan o‘zaro qabul qilingani «befarosatlik» bo‘lgan.
Foto: Bloomberg
AQSh sobiq vitse-prezidenti va 2024 yilgi prezidentlik saylovida nomzod bo‘lgan Kamala Harris saylovoldi kampaniyasi va unda Jo Bayden o‘ynagan rol haqida deyarli birinchi marta fikrlarini bayon qildi.
The Atlantic jurnali uning «107 kun» nomli xotiralar kitobidan parcha e’lon qildi. Ushbu parchadan ma’lum bo‘lishicha, ikkinchi muddatga saylanish to‘g‘risidagi qaror prezident Jo Bayden va birinchi xonim tomonidan yakka tartibda qabul qilingan. Harris xonim buni «befarosatlik» deb hisoblaydi.
«Hamma bu qaror Jo va Jill (Baydenning rafiqasi) tomonidan qabul qilinganini aytdi. Endi o‘ylab qarasam, bu befarosatlik edi. Stavkalar juda yuqori edi. Bu bir odamning nafsoniyati va shuhratparastligiga tashlab qo‘yiladigan qaror emas edi», deb yozdi u.
Harrisning yozishicha, u prezidentga ikkinchi muddatga saylanmasligi kerakligini tushuntirish kerakmi yoki yo‘qligi haqida ko‘p o‘ylagan. Oxir-oqibat, u Bayden bunday so‘zlarni «oshkora shuhratparastlik va ehtimol, dahshatli sadoqatsizlik» deb hisoblaydi deb o‘ylab, bu g‘oyadan voz kechgan. Buning ustiga, Bayden jamoasi shundoq ham «ko‘pincha Harrisga qarshi ishlagan», «Harris qanchalik yaxshi ko‘rinsa, uning fonida Bayden shunchalik yomon ko‘rinadi» deb hisoblagan.
«81 yoshida Jo charchadi... Keksalik o‘zini ko‘rsatdi, jismoniy va og‘zaki namoyon bo‘ldi. Ammo u o‘z ishini to‘la-to‘kis bajarishga qodir edi. O‘zining eng yomon kunlarida ham u Donald Trampga qaraganda teranroq va malakaliroq edi, sog‘lom fikrlash qobiliyatiga ega edi...», deb hisoblaydi Kamala Harris.
Harris xonimning 2024 yilda 107 kun davom etgan prezidentlik kampaniyasiga bag‘ishlangan xotiralar kitobi 23 sentabr kuni Simon & Schuster nashriyotida chop etiladi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40