O‘zbekiston | 15:00 / 10.09.2025
4776
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

VILLEXPO – BYD’ning mobil ko‘rgazmasi O‘zbekiston bo‘ylab safarda

VILLEXPO - bu BYD brendining O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat qiluvchi, zamonaviy formatdagi mobil ko‘rgazmasi.

Foto: BYD

Ushbu loyihaning dastlabki bosqichida, maxsus jihozlangan mobil shourum va ochiq maydonchada tashkil etiladigan tadbirlar Samarqand, Navoiy, Buxoro va Urganch shaharlari aholisi hamda mehmonlariga BYD brendining zamonaviy elektromobillari, ilg‘or texnologiyalari, jonli va interaktiv sahna dasturlarini bir joyda jamlagan holda taqdim etadi.

VILLEXPOʼda sizni nimalar kutadi?

Sahna dasturlari va tanlovlar. DJ shou, raqs chiqishlari; BYD viktorinasi va kun davomida sovrinli o‘yinlar.

Superkar shoulari: Yangwang U8 va B5’ning 360° burilish, relslarda ko‘tarilish kabi imkoniyatlari jonli namoyish etiladi.

BYDʼning rasmiy sotuvdagi barcha modellari bilan tanishuv: avtomobillarga kirib ko‘rish, suratga tushish, “test-drayv”da qatnashish va BYD mutaxassislaridan batafsil ma’lumot olish.

Texnologiya zonalari: Blade Battery, e-Platform 3.0, DM-i gibrid tizimi, aqlli boshqaruv tizimlari va bulutli xizmatlar ishlash tamoyillarini amalda ko‘rish.

Mobil Expo: BYD tarixi, faoliyati bilan yaqindan tanishish va O‘zbekistondagi BYD zavod haqidagi qisqa hujjatli film namoyishi.

Maxsus takliflar va sovg‘alar

VILLEXPO esdalik sovg‘alari: tadbir davomida bir necha marotaba o‘tkaziladigan o‘yinlar va tanlovlar orqali topshiriladi.

Xaridorlar uchun bonuslar: ko‘rgazma kunlarida rasmiy BYD dilerlariga tashrif buyurgan mehmonlar turli sovg‘alarni qo‘lga kiritadi.

Yana bir yangilik: Yangi BYD UzPride taqdimoti

BYD, shuningdek, SONG PLUS DM-i UzPride modelini namoyish qilmoqda — o‘zbek tilidagi to‘liq integratsiyalashgan intellektual ovozli yordamchi va multimedia tizimiga ega dunyodagi birinchi avtomobil.

U quyidagilarni taqdim etadi:

Avtomobilning asosiy funksiyalari va infotainment (multimedia) tizimida o‘zbek tilidagi tabiiy ovozli boshqaruv.

Qurilma ichida (oflayn) ishlash — tarmoqqa ulanmasdan ovozli yordamchidan foydalanish imkoniyati.

To‘liq tizim integratsiyasi — avtomobil ichida tezkor javoblar va uzluksiz foydalanuvchi tajribasi.

Tashrif buyuruvchilar VILLEXPO’da SONG PLUS DM-i UzPride’ni sinab ko‘rishlari va o‘zbek tilidagi ovozli boshqaruv avtomobil boshqarish tajribasini qanday yaxshilashini amalda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Qachon va qayerda?

VILLEXPO dastlab O‘zbekistonning to‘rtta yirik shahrida o‘tkaziladi:

Samarqand: 12–14 sentabr

Navoiy: 19–21 sentabr

Buxoro: 26–28 sentabr

Urganch: 3–5 oktyabr

Har bir shaharda tadbirlarning aniq manzili va kunlik dastur bo‘yicha ma’lumotlar BYD Central Asiaʼning rasmiy kanallarida e’lon qilinadi.

 BYD haqida

BYD kompaniyasi 1994 yil noyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, texnologik innovatsiyalar orqali hayot sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan yuqori texnologiyali, xalqaro kompaniya hisoblanadi. 30 yillik rivojlanishdan so‘ng, kompaniya 20 nafar xodimdan 1,000,000 kishigacha, 30 dan ortiq sanoat parklari hamda dunyo bo‘ylab 40 dan ortiq filiallarga kengaydi. BYDʼning yangi energiya transport vositalari bugungi kunda 6 qit’adagi 100 dan ortiq mamlakat va mintaqada, 400 dan ziyod shaharlarda faol foydalanilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni BYD Central Asiaʼning rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin:

Rasmiy ishonch telefoni: 1811| Veb-sayt | Instagram | Facebook | Telegram

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid