Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Mamlakat Bosh konsulxonasi ko‘magida Qozon shahrida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro vatanga qaytarildi.
1981 yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. ish vaqtida sog‘lig‘ida kuzatilgan muammolar tufayli Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan birgalikda fuqaroni yurtga qaytarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirdi.
A.B. diplomatlar va Migratsiya agentligi xodimlari ko‘magida Uzbekistan Airways AJning "Qozon-Toshkent" aviayo‘nalishidagi samolyotida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Fuqaro sog‘-salomat O‘zbekistonga yetib oldi va davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 25.10.2025
Qozonda konvoyga hujum qilindi, chaqiruvdan bo‘yin tovlagan shaxs qochib ketdi
14:23 / 05.09.2025
Irkutskda qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
13:59 / 28.08.2025
Rossiyada mushkul vaziyatda qolgan to‘rt ayol va ularning bolalari O‘zbekistonga olib kelindi
21:29 / 26.08.2025