Juma kuni, 24 oktyabr keçqurun Qozonda çaqiruvdan böyin tovlaguvçilarni taşiş uçun möljallangan harbiy komendatura avtomobiliga noma’lum şaxslar hujum qildi. Bu haqda bir qator OAV, jumladan “’ Volga-Ural” va “Veçernyaya Kazan”, şuningdek Telegram-kanallar xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga köra, şu kunning özida harbiy komendatura xodimlari çaqiruvdan qoçganlarni va dezertirlarni qidiriş tadbirlari doirasida Qozonda tuğilgan, RF Qurolli kuçlarida xizmat qilgan va, ehtimol, harbiy qismni özboşimçalik bilan tark etgan şaxsni qölga olgan. U Dzerjinskiy köçasidagi komendatura binosiga “yangi taqsimot” uçun olib ketilayotgan edi.
Yöl çorrahasida konvoyga davlat raqamlari yöq qora Kia Rio avtomaşinasi yaqinlaşgan. Maşinadan ikki kişi tuşib, konvoy avtomobilining orqa eşigini oçgan, uşlangan şaxsni tuşirib olib, öşa maşinaning özida qoçib ketgan, deb yozadi “’ Volga-Ural”. “Veçernyaya Kazan”ning qayd etişiça, hujum qilganlar qurollanmagan bölgan. Şaharda ma’lum vaqtga “Perexvat” rejasi joriy etilgan, ammo bu natija bermaganini “’ Volga-Ural” manbasi ma’lum qilgan.
“Ostorojno, novosti” Telegram-kanali noma’lum manbaga tayanib, qoçgan şaxs 32 yoşli Fadis G. ekanini yozadi. OAV ma’lumotlariga köra, u 2022 yilda RFdagi “qisman safarbarlik” doirasida Ukrainaga uruşa jönatilgan. 2025 yil avgust oyida esa u “jangovar burçni bajarişda körsatgan jasorati” uçun “Jasorat uçun” medali bilan taqdirlangan, deb yozadi “Ostorojno, novosti”.
Matn çop etilgan paytga kelib hodisa va uşlangan şaxs haqida rasmiy ma’lumot yöq. OAV hatto Tatariston IIV vakillari bilan boğlana olmaganini qayd etdi. Şu bilan birga, Telegram-kanallarning ta’kidlaşiça, Fadis G. avvalroq ham qismni tark etgani uçun uşlangan.
Rossiya armiyasidan Ukrainaga qarşi tölaqonli bosqin boşidan beri kamida 49 ming askar va ofitser dezertirlik qilgan bölişi mumkin, deb yozgan edi “Vajnyye istorii” naşri 2025 yil may oyida.
Jurnalistlar hisob-kitoblarda ikki ma’lumot bazasiga tayangan: 2022–2024 yillarda Janubiy harbiy okrugda qismni özboşimçalik bilan tark etganlar röyxati va 2025 yil mart oyida Ukraina GURning “Xoçu jit” loyihasi e’lon qilgan, RFda dezertirlik va qismni tark etiş uçun jinoyat işi qözğatilganlar röyxati.
Bu röyxatlar birlaştirilganda 49 001 nafardan iborat yagona röyxat hosil bölgan. Bu ukrain Frontelligence Insight OSINT loyihasining 2024 yil dekabr holatidagi bahosi — 50 554 dezertir — bilan deyarli mos keladi. Biroq ommaviy axborot vositalari ta’kidlaşiça, RFdagi dezertir va çaqiruvdan böyin tovlaguvçilarning haqiqiy soni bundan ham köp bölişi mumkin.

















