Jahon | 10:11 / 13.09.2025
3609
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda ilk bor ayol kishi hukumatga rahbar bo‘ldi

Nepalning sobiq bosh sudyasi ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqlarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari ortidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi sifatida qasamyod qildi. Sushila Karki korrupsiyaga qarshi kurashi bilan tanilgan.

Foto: Sujan Gurung/AP Photo/picture alliance

Nepalning sobiq bosh sudyasi Sushila Karki bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Nepal prezidenti Ram Chandra Paudel bu lavozimga 73 yoshli Karkini tayinladi va u 12 sentabr, juma kuni qasamyod keltirdi.

Karki Nepalning birinchi ayol bosh vaziridir. Uning nomzodini namoyishchilar yetakchilari taklif qilgan. U Nepal vazirlar mahkamasiga 2026 yil martida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan keyingi saylovlarga qadar rahbarlik qilishi kutilmoqda.

Karki mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashi bilan tanilgan, deya xabar beradi dpa.

9 sentabr kuni Nepal hukumati ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarga taqiqni bekor qildi. Inqiroz sharoitida bosh vazir Sharma Oli, ichki ishlar vaziri va yana ikki vazir iste’foga chiqdi.

Mavzuga oid