Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
Nepal politsiyasi Himolay turizmi tarixidagi eng yirik firibgarliklardan birini fosh etdi. Gidlar, vertolyot operatorlari va shifoxona xodimlaridan iborat 32 kishi 20 million dollarga yaqin sug‘urta to‘lovlarini firibgarlik yo‘li bilan olganlikda ayblanmoqda.
Foto: Lakpa Sherpa / AFP via Getty Images
Nepal Markaziy tergov byurosi (CIB) ma’lumotlariga ko‘ra, sxema 2022 yildan 2025 yilgacha Everest marshrutlari va boshqa trekking yo‘llarida ishlagan. Qariyb 4800 nafar xorijiy sayyoh jabrlangan.
Sxema qanday ishlagan?
Gidlar va kompaniyalar yaxshi sug‘urtasi bo‘lgan sayyohlarni tanlab olgan (vertolyot evakuatsiyasi belgilangan). «Shoshilinch» evakuatsiya qilish uchun bahona yaratish maqsadida ba’zilarning ovqatiga go‘yoki ichimlik sodasi aralashtirilgan yoki yuqori dozada dori berilgan. Bu ko‘ngil aynishi, ich ketishi va tog‘ kasalligiga o‘xshash alomatlarni keltirib chiqargan.
Keyinchalik quyidagilar sodir bo‘lgan:
- Vertolyot chaqirish (ko‘pincha bir reys bir nechta sug‘urta hodisalariga «bo‘lingan»).
- Qalbaki tibbiy ma’lumotnomalar va hujjatlar.
- Katmandu shahrida zaruratsiz shifoxonaga yotqizish.
Birgina Mountain Rescue Service kompaniyasi 171 ta soxta evakuatsiyani amalga oshirib, 10,3 million dollarlik hisobni taqdim etgan. Umumiy zarar 20 million dollardan oshgani ta’kidlanmoqda.
«Zaharlanishlar» haqidagi shov-shuvli sarlavhalarga qaramay, CIB rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha: zaharlar yoki zaharli moddalar aralashtirilgani haqida dalillar hali topilmagan. Asosiy daliliy baza — moliyaviy izlar, soxta hujjatlar va guvohnomalar.
Mojaro allaqachon Nepal turizmi obro‘siga jiddiy zarba berdi. Ba’zi xalqaro sug‘urta kompaniyalari mintaqadagi trekerlar uchun polislarni qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Politsiya firibgarlikni «milliy g‘urur va obro‘ga jiddiy putur yetkazish» deb atadi.
Ayni paytda 11 kishi hibsga olingan, qolgan ayblanuvchilar qidiruvda. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
08:23 / 14.04.2026
O‘zbekistonliklar shubhali xorijiy qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirildi
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
21:31 / 08.04.2026