Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm sohasida 1 mlnga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda
Britaniyaning mashhur OCA Magazine elektron nashrida O‘zbekistonda turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha dasturlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
"O‘zbekiston turizm sohasida katta istiqbollarga ega bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2030 yilgacha turistlar sonini 15 milliongacha oshirishni maqsad qilingan. Turizmning iqtisodiy ahamiyati faqat sayohatchilar sonida emas, balki sohada yaratilgan yuqori sifatli ish o‘rinlari va yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi bilan ham o‘lchanadi. Shu bois, kelgusida turizm sohasida 1 millionga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda", – deyilgan maqolada.
Ta’kidlanganidek, bu maqsadlarga erishish uchun salohiyatli va malakali kadrlar tayyorlash zarur, chunki hozirgi kunda mamlakatda ta’lim va kasbiy tayyorgarlik darajasi past va ko‘plab ishlayotganlar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishiga muhtoj.
Nashrda qayd etilishicha, hozirgi kundagi turizm va mehmondo‘stlik sohasi ta’limi jarayonini takomillashtirish maqsadida uchta asosiy yo‘nalishda islohotlar amalga oshirilishi lozim. "Birinchidan, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ya’ni qisqa muddatli, kechki, onlayn va gibrid kurslar tashkil etilib, talabalarga ko‘proq tanlov va qulayliklar yaratish zarur. Ikkinchidan, o‘quv dasturlari bozor talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilib, amaliyotga yo‘naltirilgan va zamonaviy bilimlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Uchinchidan, ta’lim muassasalari xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, stajirovkalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish zarur", – deyilgan materialda.
Maqola yakunida "O‘zbekiston turizm sohasining rivojlanishida ta’lim muhim o‘ringa ega bo‘lib, sohadagi ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash kerak. Bu maqsadga erishish uchun davlat va xususiy sektorlar birgalikda ishlab, zamonaviy va amaliy ta’lim dasturlarini joriy etishi lozim. Mana shunday yondashuv orqali mamlakatning boy madaniy va tabiiy resurslari to‘liq ishlatilib, yoshlarning salohiyati ochiladi va turizm sohasi jahon bozorida raqobatbardosh bo‘ladi", – deb yozilgan.
Mavzuga oid
08:15 / 25.08.2025
Nogironligi bo‘lganlar uchun ish o‘rinlari zaxirasi shakllantiriladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
00:39 / 15.11.2024