Vena şahrida Özbekiston elçisi Baxtiyor Ibragimov Avstriyaning Burgenland federal ölkasi Qişloq xöjaligi palatasi prezidenti Nikolaus Berlakoviç hamda LANSKY, GANZGER, GOETH + Partner xalqaro yuridik firmasi vakili Klaus Vyolfer bilan uçraşuv ötkazdi.

Muzokaralar çoğida Avstriya qişloq xöjaligi tarmoqlariga özbekistonlik malakali işçilarni jalb etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar özbek mutaxassislari uçun yangi iş imkoniyatlarini yaratiş va mehnat hamkorligini rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşdi.

Nikolaus Berlakoviç Avstriya uşbu yönalişda Özbekiston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Şuningdek, u Özbekistonda sut mahsulotlari işlab çiqariş tajribasini örganiş, xususan, Avstriyadan olib kelingan qoramollarni parvarişlaş va köpaytiriş usullariga qiziqiş bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar agrar sohada hamkorlikni yanada kuçaytiriş, malakali kadrlar tayyorlaş va ularni Avstriya qişloq xöjaligi tizimiga jalb qiliş böyiça muloqotlarni davom ettirişga kelişib oldi.