Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xorijiy iş beruvçilar va (yoki) rekruting agentliklaridan jalb qilingan böş iş örinlarini litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari (XBA) örtasida taqsimlaş tartibini belgilaydigan hujjat loyihasini tayyorladi.
Loyihaga köra, Agentlik xorijdan jalb qilingan iş örinlarini elektron oferta şaklida Xorijdaish.uz platformasida e’lon qiladi va XBAning şaxsiy kabinetlariga avtomatik xabarnoma yuboradi. Ofertada iş beruvçi haqidagi ma’lumotlar, kasb nomi va kvota soni, iş haqi va iş şaroiti, nomzodlarga qöyiladigan talablar, ariza topşiriş muddati hamda hamkorlik şartnomasining asosiy şartlari aks ettirilişi nazarda tutilgan.
Qayd etilişiça, XBA kvota taqsimotida iştirok etiş uçun rozilik arizasini faqat elektron şaklda, şaxsiy kabinet orqali yuboradi va ariza ERI bilan tasdiqlanadi. Arizalarni körib çiqiş Agentlik huzurida taşkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvçi Işçi komissiya tomonidan amalga oşiriladi. Komissiya ariza va hujjatlarni 3 iş kuni içida tahlil qiladi hamda iştirokiga ruxsat beriş, qöşimça ma’lumot söraş yoki rad etiş töğrisida xulosa beradi. Qarorlar elektron protokol şaklida rasmiylaştirilib, ERI bilan tasdiqlanişi közda tutilgan.
Loyihada kvotalarni taqsimlaş mexanizmi ham belgilangan. Unga köra, iştirokiga ruxsat berilgan barça XBAga kvotalar avvalo teng asosda taqsimlanadi. Agar teng taqsimotdan keyin qoldiq kvotalar qolsa, ular şartnoma majburiyatlarini öz vaqtida va sifatli bajargan XBAga ustuvorlik bergan holda taqsimlanadi. Ayrim istisno holatlarda (tizim işga tuşişining dastlabki jarayonlarida) kvotalar talabgorlar sonidan kam bölsa, arizalar platformaga kelib tuşgan vaqtga qarab taqsimlanişi ham nazarda tutilgan.
Şuningdek, kvota ajratilgandan söng Agentlik va XBA örtasida 5 iş kuni içida elektron şartnoma tuzilişi belgilangan. Agar XBA belgilangan muddatda şartnomani ERI bilan tasdiqlamasa, u kvotadan voz keçgan hisoblanadi va bu keyingi taqsimotlarda XBA reytingiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
Loyihada kvotalar bajarilişi ustidan nazorat töliq elektron tarzda yölga qöyilişi, bajariliş holati Xorijdaish.uz'da real vaqt rejimida aks etişi körsatilgan. Majburiyatlarni bajarmagan XBAga nisbatan ogohlantiriş, keyinçalik esa 3 oydan 6 oygaça navbatdagi kvota taqsimotlarida iştirokini çeklaş kabi çoralar qöllanişi mumkin.












