Sport | 23:41 / 14.09.2025
11112
1 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Oltin medal:

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova

-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov

-66 kg: Dilshodbek Hamroyev

+78 kg: Umida Nig‘matova

-81 kg: Samandar Muhibiddinov

-90 kg: Alisher Samanov

-100 kg: Muhammadali Zoirov

+100 kg: Fazliddin Rafiqov

Kumush medal:

-73 kg: Bunyod Safarov

-57 kg: Rayhona Mamatova

-63 kg: Nigina Saparboyeva

Bronza medal:

-73 kg: Muhriddin Ma’rufov

-48 kg: Sevinch Murodova

-57 kg: Mohinur Allaberganova

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid