Sport | 11:11 / 17.09.2025
3762
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kurashchi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Umidjon Jalolov uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda neytral maqomda kurashgan rossiyalik Ibragim Ibragimovdan ustun keldi.

Foto: MOQ

Umidjon Jalolov jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Zagreb shahrida (Xorvatiya) tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. 

Kecha bahs olib borgan sportchilardan Umidjon Jalolov (-65 kg) bronza medaliga ega chiqdi. 

U uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda neytral maqomda kurashgan rossiyalik Ibragim Ibragimovdan ustun keldi.

Mavzuga oid