Jahon | 14:17 / 17.09.2025
3245
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklayapti

Tramp ma’muriyati yangi sxema bo‘yicha ilk bor Ukrainaga qurol yetkazib berishni ma’qulladi, deb yozadi Reuters ikki manbaga tayanib. 500 million dollarlik ikkita paket allaqachon tasdiqlangan.

Foto: Roland Balik/US Air Force/Global Look Press

Reuters xabariga ko‘ra, Vashington Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni tiklamoqda, bu ittifoqchilar bilan tuzilgan yangi moliyaviy kelishuv doirasida amalga oshiriladi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ilk bor Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishni ma’qulladi, deb yozdi agentlik 16 sentabr, seshanba kuni jarayondan xabardor ikki manbaga tayanib.

Shu bilan birga, Tramp Amerika arsenallaridan qurol sotib olish NATO davlatlari tomonidan moliyalashtirilishini ta’kidladi, deyiladi xabarda. Mudofaa vazirining siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Elbrij Kolbi Ukrainaga har biri 500 million dollarlik ikkita qurol sotishni ma’qulladi, deya xabar beradi Reuters manbalari. Tez orada ular Ukrainaga jo‘natiladi.

Agentlik qayd etishicha, bu AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan NATO mablag‘laridan foydalangan holda Ukrainani AQSh zaxiralaridan qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun ishlab chiqilgan «Ukraina uchun ustuvor talablar ro‘yxati» (PURL) deb nomlangan yangi mexanizmdan birinchi marta foydalanishdir.

Mavzuga oid