Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda hakamlik sudi raisi va kotibiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ular qariyb 1 mlrd so‘mni o‘zlariga gonorar va rag‘batlantirish sifatida yozib, o‘zlashtirgani aytilmoqda. Buning uchun soxta ma’lumotlar kiritilgan sud ajrimini tayyorlashgan. So‘ngra ushbu qalbaki hujjatni imzolab, unga qonuniy tus bergan.
Foto: Shutterstock
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Kun.uz tanishgan hujjatda keltirilishicha, X.N. Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi hakamlik sudi raisi lavozimida ishlab kelgan. U boshqarmaning tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish va jamoatchilik nazorati bo‘limi bosh yuriskonsulti Q.M. bilan jinoiy til biriktirib, hakamlik sudida ko‘rib chiqiladigan ishlardan hakamlik yig‘imlarini undirish orqali o‘zlashtirish rejasini tuzgan. Undirilgan yig‘imlardan Q.M.ga ham ulush berishni qonuniylashtirish maqsadida uni hakamlik sudining mas’ul kotibi lavozimiga tashqi o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish haqida soxta buyruq tayyorlagan.
So‘ngra jinoiy sheriklar “Navoiy IES” AJ Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUKdan yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish maqsadida sudga murojaat qilmoqchi ekanidan xabar topgan. Ushbu ishni hakamlik sudida ko‘rib chiqish va “Navoiy IES” AJ foydasiga hal qilib berib, “Issiqlik manbai” DUKdan juda ko‘p miqdordagi hakamlik yig‘imini undirib olish orqali mulkiy naf ko‘rishga kelishishgan. Bu ishni amalga oshirishda esa Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK yuridik bo‘lim boshlig‘i X.B.ni jinoiy sherik qilib olishgan.
Shu tariqa, “Issiqlik manbai” DUK va “Navoiy IES” AJ rahbariyati nomidan ushbu sub’yektlar o‘rtasida jami 24 mlrd 629 mln so‘mlik qarzdorlikni undirish ishini ko‘rib chiqish haqida “Hakamlik bitimi” tuzilgan. R.N. sudyalar A.H. va U.N.dan iborat tarkibda sud majlisi bo‘lib o‘tgani hamda da’vo arizasini ish yurituviga qabul qilish to‘g‘risida to‘xtamga kelingani haqida soxta ma’lumotlar kiritilgan sud ajrimini tayyorlagan. So‘ngra ushbu qalbaki hujjatni hakamlik sudi raisi sifatida imzolab, unga rasmiy tus bergan.
Shundan keyin R.N. jinoiy sheriklari Q.M. va X.B. “Issiqlik manbai” DUKdan undirilgan 1 mlrd 921 mln so‘m hakamlik yig‘imining bir qismini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Jumladan, R.N. gonorar berish va rag‘batlantirish buyruqlari asosida Q.M.ga 114,5 mln so‘m, o‘ziga esa 871 mln 387 ming so‘m pul mablag‘ini yozib, jami 985,9 mln so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.N.ga munosib xulq-atvorda bo‘lish, Q.M.ga esa qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida vujudga keluvchi muayyan iqtisodiy nizolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat organ hisoblanadi. Shu bois hakamlik sudlari faoliyati “Sudlar to‘g‘risida”gi emas, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Mavzuga oid
19:10 / 30.11.2025
Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatishdi
11:47 / 28.11.2025
Navoiydagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum shifoxonada vafot etdi
10:29 / 26.11.2025
«Navoiy» chegara postida 380 ta «sa’va» qushini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi
12:59 / 24.11.2025