Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boşqarmasi huzurida doimiy faoliyat körsatuvçi hakamlik sudi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Kun.uz tanişgan hujjatda keltirilişiça, X.N. Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boşqarmasi huzuridagi hakamlik sudi raisi lavozimida işlab kelgan. U boşqarmaning tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qiliş va jamoatçilik nazorati bölimi boş yuriskonsulti Q.M. bilan jinoiy til biriktirib, hakamlik sudida körib çiqiladigan işlardan hakamlik yiğimlarini undiriş orqali özlaştiriş rejasini tuzgan. Undirilgan yiğimlardan Q.M.ga ham uluş berişni qonuniylaştiriş maqsadida uni hakamlik sudining mas’ul kotibi lavozimiga taşqi örindoşlik asosida işga qabul qiliş haqida soxta buyruq tayyorlagan.
Söngra jinoiy şeriklar “Navoiy IES” AJ Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUKdan yuzaga kelgan qarzdorlikni undiriş maqsadida sudga murojaat qilmoqçi ekanidan xabar topgan. Uşbu işni hakamlik sudida körib çiqiş va “Navoiy IES” AJ foydasiga hal qilib berib, “Issiqlik manbai” DUKdan juda köp miqdordagi hakamlik yiğimini undirib oliş orqali mulkiy naf körişga kelişişgan. Bu işni amalga oşirişda esa Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK yuridik bölim boşliği X.B.ni jinoiy şerik qilib olişgan.
Şu tariqa, “Issiqlik manbai” DUK va “Navoiy IES” AJ rahbariyati nomidan uşbu sub’yektlar örtasida jami 24 mlrd 629 mln sömlik qarzdorlikni undiriş işini körib çiqiş haqida “Hakamlik bitimi” tuzilgan. R.N. sudyalar A.H. va U.N.dan iborat tarkibda sud majlisi bölib ötgani hamda da’vo arizasini iş yurituviga qabul qiliş töğrisida töxtamga kelingani haqida soxta ma’lumotlar kiritilgan sud ajrimini tayyorlagan. Söngra uşbu qalbaki hujjatni hakamlik sudi raisi sifatida imzolab, unga rasmiy tus bergan.
Şundan keyin R.N. jinoiy şeriklari Q.M. va X.B. “Issiqlik manbai” DUKdan undirilgan 1 mlrd 921 mln söm hakamlik yiğimining bir qismini qölga kiritişni maqsad qilgan. Jumladan, R.N. gonorar beriş va rağbatlantiriş buyruqlari asosida Q.M.ga 114,5 mln söm, öziga esa 871 mln 387 ming söm pul mablağini yozib, jami 985,9 mln sömni özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, R.N.ga munosib xulq-atvorda böliş, Q.M.ga esa qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Ma’lumot uçun, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib çiquvçi, şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari örtasida vujudga keluvçi muayyan iqtisodiy nizolarni hal etiş vakolatiga ega bölgan nodavlat organ hisoblanadi. Şu bois hakamlik sudlari faoliyati “Sudlar töğrisida”gi emas, “Hakamlik sudlari töğrisida”gi qonun bilan tartibga solinadi.











