Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston O‘zbekistonda 50 mln dollardan ziyod loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida joriy yil 3-12 sentabr kunlari Pokistonning nufuzli tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga biznes-missiyasi tashkil etildi.
Biznes-missiya O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil rivojlantirish, savdo hajmini oshirish, yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida uyushtirildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va "O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbariyati, viloyat hokimliklari mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida qo‘shma korxonalar tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish, milliy brendlarni targ‘ib etish va bozorlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Pokistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi a’zolari Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi teri va poyabzal sanoati korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston hududlaridagi sohaviy yetakchi kompaniyalarda Pokiston ishbilarmonlari uchun maxsus taqdimotlar o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlari, eksport imkoniyatlari hamda mamlakatda investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil axborotlar berildi.
Buxoro va Samarqand viloyatlariga safarlar chog‘ida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati hamda mahsulotlarni Pokiston bozoriga yetkazib berish, hududiy hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdo hajmini oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026