Jahon | 08:28 / 20.09.2025
3284
2 daqiqa o‘qiladi

ABC boshlovchining Kirk haqidagi so‘zlaridan so‘ng shouni efirdan olib tashladi

Jimmy Kimmel Live shousi boshlovchisi MAGA tarafdorlari haqida tanqidiy fikr bildirganidan so‘ng, FCC rahbari shouni efirga uzatuvchi telekompaniyalarning litsenziyalarini bekor qilish bilan tahdid qildi.

Foto: AP

Disney konserniga tegishli ABC telekompaniyasi boshlovchining o‘ng faol Charli Kirkning o‘ldirilishi haqidagi so‘zlari AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC)ning ogohlantirishiga sabab bo‘lganidan so‘ng, Jimmy Kimmel Live shousini efirdan olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda xalqaro OAV xabar berdi.

Jimmi Kimmel 15 sentabr kuni o‘zining jonli efirida quyidagilarni aytdi: «Dam olish kunlarida (13 va 14 sentabr) MAGA to‘dasi (AQSh prezidenti Donald Trampning Make America Great Again dasturi tarafdorlari nazarda tutilgan) Charli Kirkni o‘ldirgan yigit o‘zlaridan emasligiga jon-jahdi bilan astoydil harakat qilgani va bundan siyosiy foyda ko‘rishga intilganida biz yana bir past darajaga yetdik».

Shundan so‘ng, Federal aloqa komissiyasi raisi Brendan Karr ABC kontentini efirga uzatuvchi mahalliy telekompaniyalarni Jimmy Kimmel Live dasturini ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqirdi. Reuters xabariga ko‘ra, Karr komissiya tekshiruv boshlashi va teleradiokompaniyalar jarimaga tortilishi yoki litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkinligi bilan tahdid qilgan. «Disney'da hozir juda va juda jiddiy muammo bor», deya Karrning 17 sentabr kuni chop etilgan podkast intervyusidan iqtibos keltirgan jurnalistlar. «Biz buni yaxshi yoki yomon yo‘l bilan hal qila olamiz».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid