Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassis qanday hollarda qon bosimi oshganida dori yordam bermasligini aytdi
Tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, gipertoniyaga chalingan 36,8 foiz insonlarda xavotir-tushkunlik holatlari uchraydi.
Foto: PeopleImages.com/Yuri A/Shutterstock/FOTODOM
Arterial gipertenziya eng keng tarqalgan kasalliklardan biri. Ammo bu kasallikda har o‘ninchi bemorga dori yordam bermaydi, deyishmoqda mutaxassislar. Sechenov universiteti olimlarining aniqlashicha, qon bosimi oshishiga nafaqat fiziologik, balki ruhiy holat – xavotir va tushkunlik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, gipertoniyaga chalingan 36,8 foiz insonlarda xavotir-tushkunlik holatlari uchraydi.
«Bu holatda qon quyuqlashadi, tromblar hosil bo‘lishi xavfi oshadi. Yurak urishi tezlashib, qonda glyukoza miqdori ko‘payadi», — deydi Sechenov universiteti psixiatriya va psixosomatika kafedrasi mudiri, Klinik tibbiyot instituti direktori Beatrisa Volel.
Xavotir va tushkunlik gipertoniya xavfini ayniqsa keksalarda – erkaklarda 3,6 va ayollarda 7 martaga oshiradi. O‘rta yoshlilarda esa bu xavf ikki baravarni tashkil etadi.
«Bemorlarda infarkt yoki insultdan vahimaga tushish qon bosimi yanada oshishiga olib keladi», — deya qayd etadi professor Volel.
Tadqiqotchilarning fikricha, gipertoniya diagnostikasi va profilaktikasida albatta xavotir va tushkunlik holatlari ham o‘rganilishi, uni davolashda esa kardiologlar va ruhshunoslar hamkorlik qilishi lozim.
Mavzuga oid
20:24 / 17.11.2025
Dunyo bo‘ylab bolalar orasida gipertoniya o‘sib borayotgani aniqlandi
15:07 / 14.03.2024
Bulutli havo tushkunlikka, quyoshli havo esa xursandchilikka sabab bo‘ladimi?
19:35 / 25.11.2018
Gipertoniya: kelib chiqish sabablari, asoratlari, tashxis va davolash usullari
09:47 / 23.09.2017