Jamiyat | 10:50 / 22.09.2025
7470
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryodagi YTHda ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

Sirdaryo tumanida 15 yoshli o‘smir otasining mashinasida zovurga tushib ketdi, ikki bola halok bo‘ldi. U Lacetti mashinasini otasidan beruxsat olib, katta tezlikda haydagan. Mashina salonidagi ikki yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Joriy yilning 19 sentabr kuni soat 22:00 lar atrofida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V036 avtomobil yo‘lining «Sholikor-Sirdaryo» yo‘nalishi 1-kmda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinani (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketishi natijasida YTH sodir etgan.

YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3 qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid