Ta’lim | 13:46 / 23.09.2025
2721
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMga 500 ta maqsadli kvota ajratildi

O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi.

Foto: Kun.uz

Ushbu tanlovda davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025 yil 24-30 sentabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov natijalari 2025 yil 4 oktyabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid