Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duma armiyaga chaqiruv yil davomida amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatladi
Qonun loyihasida Rossiya armiyasiga chaqiruv yil davomida amalga oshirilishi, faqat kuz va bahorda navbatchilik punktlariga jo‘natish ko‘zda tutilgan.
Rossiya Davlat dumasi 1 yanvardan 31 dekabrga qadar kalendar yili davomida muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda 24 sentabr, chorshanba kuni parlament quyi palatasi saytida ma’lum qilindi.
Qonun loyihasi avvalroq Rossiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Tashabbus chaqiriluvchilarni armiya safiga jo‘natish bilan bog‘liq barcha tadbirlar hozirgidek faqat bahor va kuzgi chaqiruv davrida emas, balki yil davomida o‘tkazilishini taklif qiladi. Qonun qabul qilingandan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tish, professional psixologik ko‘rikdan o‘tkazish, chaqiruv hay’ati yig‘ilishlari istalgan vaqtda belgilanishi mumkin, faqat muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarni xizmatga yuborish belgilangan bahor va kuzgi chaqiruv kunlarida amalga oshiriladi.
Qonun loyihasining tushuntirish xatida mazkur tizim «chaqiruv punktlari o‘rtasida ish yukini teng taqsimlashi» hamda «fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish sifatini oshirishi» ta’kidlangan. Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolovning tushuntirishicha, qonun yil davomida odamlar chaqiruv qog‘ozlarini olishda davom etishini ham anglatadi.
Chaqiruv varaqasini olmagan, ammo muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ikki hafta muddatda harbiy xizmatga chaqiruv bo‘limiga shaxsan kelishi shart. Qonun barcha ovozlardan o‘tib, imzolangandan so‘ng 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026