Jahon | 14:00 / 25.09.2025
7620
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Trampning Rossiyani «qog‘ozdagi yo‘lbars»ga qiyoslaganiga javob qaytardi

Kremlning fikricha, Trampning Ukraina o‘z hududlarini qaytarib olish imkoniyati haqidagi so‘zlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ta’sirida aytilgan.

Foto: Getty Images/AFP/B. Smialowski

Kremlning fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning Kiyevning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarini qaytarib olish imkoniyati haqidagi bayonotlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ta’sirida berilgan. Shu nuqtai nazardan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning Rossiyani «qog‘ozdagi yo‘lbars»ga qiyoslaganini rad etdi. «Rossiya yo‘lbars emas, Rossiya ayiq bilan yaqinroq bog‘langan. Qog‘ozli ayiqlar esa bo‘lmaydi», — dedi Peskov 24 sentabr, chorshanba kuni.

«Trampning bayonotlari uning Zelenskiy bilan suhbatidan so‘ng va aftidan, Zelenskiy taqdim etgan qarashlar ta’sirida aytilgan. Bu qarash bizning hozirgi vaziyat haqidagi tushunchamizdan keskin farq qiladi», — dedi Peskov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi doirasida «Rossiya pozitsiyasini Amerika tomoniga yetkazish» imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Dmitriy Peskov Trampning Rossiya «chuqur iqtisodiy muammoda» degan bayonotiga izoh berar ekan, Rossiya iqtisodiyoti «mutlaqo barqarorlik va prognozlilikni saqlab qolgani» va joriy qilingan sanksiyalarga qaramay, Ukraina bilan urushda qurolli kuchlarning «ehtiyojlarini to‘liq qondirishga» harakat qilayotganini ta’kidladi. Peskovning fikricha, Trampning bayonotlari birinchi navbatda «AQSh biznes manfaatlari» hamda neft va gazni ko‘proq sotish istagidan kelib chiqqan.

Mavzuga oid