Apreldagi sulhdan keyin Eron va Isroil örtasida sodir bölgan töqnaşuv – AQŞning Eron bilan uruşga çek qöyiş böyiça kelişuv harakatlarini barbod qilişi ham mumkin edi.

Reutersʼning yozişiça, hujumlar tölqinidan keyin neft narxi 5% gaça kötarildi. Biroq Eron harbiylari Isroilga qarşi birinçi zarbalar tölqini yakunlanganini e’lon qilgaç, yana pasaydi. AQŞ dollari esa sönggi qariyb ikki oydagi eng yuqori darajasidan pastga tuşdi.

Tehron yakşanba kuni keçqurun Bayrut çekkasiga – «Hizbulloh»ga berilgan zarbalarga javob (qasos) tariqasida Isroil hududiga qarata raketalar otgandi. Şundan söng, Isroil Eronning havo mudofaa tizimlari va ballistik raketalar işlab çiqarişda foydalanilgani aytilayotgan neft-kimyo zavodiga zarba berdi.

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi bunga javoban Isroilning Xayfa şahridagi şunga öxşaş zavodini nişonga olganini ma’lum qildi. Har ikki tomon rasmiylari ham qurbonlar haqida ma’lumot bermadi.

Duşanba kuni Eron va Isroil AQŞ prezidenti Donald Trampning çaqiriğidan söng bir-birlariga qarşi hujumlarni töxtatganini ma’lum qildi.

Ammo, Isroil harbiy mulozimi mamlakat operatsiyalarni «qança kerak bölsa, şunça davom ettirişga» tayyorligini bildirdi.

2026-06-09 08.53.01
Foto: Reuters

Eron rasmiylari ham şunga öxşaş qat’iy ohangda javob berişdi. Tasnim axborot agentligi iqtibos keltirgan harbiy manbaga köra, Tehron uzoq muddatli mojaroga tayyor va mintaqadagi AQŞ manfaatlariga qarşi zarbalarni qayta tiklaşi mumkin. Şu bilan birga, Tehron, agar Isroil Livandagi «Hizbulloh»ga zarba berişda davom etsa, harbiy harakatlarni qayta tiklaşi haqida ogohlantirdi.

Tramp ularni töxtatişga intilmoqda

Duşanba kuni Tramp Isroil ham, Eron ham zudlik bilan öt oçişni töxtatişni xohlayotganini aytdi. «Agar jaholat yoki ahmoqlik xalaqit bermasa, ‘Tinçlikʼ böyiça yakuniy muzokaralar davom etmoqda», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

AQŞ va Isroil rasmiylarining bildirişiça, duşanba kuni Tramp va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan yana telefonlaşgan.

Axios naşriga bergan intervyusida Tramp Netanyahuni ogohlantirganini aytdi: agar Isroil rahbari Eron bilan yana uruş boşlasa, u yolğiz qolib ketişi mumkin. «Men unga: 'Bibi, ehtiyot bölganing ma’qul, aks holda tez orada mutlaqo yolğiz qolasanʼ, dedim», deya Trampning sözlarini keltirmoqda Oq uyga yaqin köriladigan naşr.

2026-06-09 09.04.36
Foto: Reuters

Isroilning AQŞdagi elçisi Yexiel Layter Trampning Netanyahuga bosim ötkazgani haqidagi xabarlarni rad etdi. U ikki yetakçi örtasidagi suhbatlar hamkorlik ruhida ötganini aytdi va jurnalistlarni çalğituvçi uydurmalarni börttirib körsatişda aybladi.

Isroildagi Yahudiy universiteti harbiy tarixçisi Denni Orbaxning sözlariga köra, Isroil Trampning gapiga qaramay Eronga zarbalarni beriş orqali AQŞga muhim signal yölladi: agar Isroil manfaatlari inobatga olinmasa, Eron bilan heç qanday yakuniy kelişuvga erişib bölmaydi.

Isroil va Eron örtasidagi jangovar harakatlarning qisqa muddatga qayta tiklanişi hamda Netanyahuning Tramp talablariga böysunmasligi uşbu ikki konservativ yetakçi örtasida vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan keskinlikni oçib bergan navbatdagi epizod böldi.

Eron va uning proksi kuçlari faollaşdi

Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bağoiy Tehrondan Vaşingtonga yöllanayotgan xabarlar «öta yuqori darajadagi şubha-gumon» muhitida almaşilayotganini aytdi.

Eron parlamenti milliy xavfsizlik qömitasi rahbari Ibrohim Aziziy ularning milliy xavfsizligiga yoki uning mintaqadagi ittifoqçilari, jumladan, Yamandagi husiylarga qarşi qaratilgan har qanday harakatga qat’iy va juda qimmatga tuşadigan javob qaytarilişi haqida ogohlantirgan.

Uşbu hujumlar fonida Yamandagi husiylar ham Qizil dengizda Isroil kemalarining harakatlanişini töxtatişga va’da berişdi va Isroilga qarata raketalar otganini ma’lum qildi.

Keyinçalik Isroil harbiylari Eylat hududida ogohlantiriş sirenalari yangraganidan söng, Yamandan uçirilgan şubhali havo nişoni urib tuşirilganini tasdiqladi.

Husiylar şu paytgaça mintaqaviy uruşdan asosan çetda turişgan edi. Ular Qizil dengiz böğozida joylaşgan hududlarni nazorat qiladi. Bu hudud – Hörmuz böğozi yopilganidan keyin Yaqin Şarqdan kuniga millionlab barrel neft taşiş uçun muqobil yöl sifatida borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Livan-Isroil muzokaralari qayta tiklanadi

Isroil minglab odamlarning hayotiga zomin bölgan Livandagi uruş harakatlarini mart oyidan buyon töxtatgani yöq. Ular bu masala AQŞ-Eron örtasidagi har qanday otaşkesimdan alohida körilişi kerakligini ta’kidlamoqda. «Hizbulloh» ham öz hujumlarini davom ettirdi.

Tehron esa uzoq vaqtdan beri AQŞ bilan har qanday tinçlik bitimi qisman Livandagi janglarning tugaşiga boğliqligini aytib keladi. Isroil uruşga qöşilgan «Hizbulloh» jangçilarini ta’qib qiliş maqsadida mart oyida Livanga bostirib kirgandi.

2026-06-09 08.52.57
Foto: Reuters

AQŞning Livandagi elçisi Mişel Issa duşanba kuni Livan-Isroil muzokaralari Vaşingtonda qayta tiklanişi rejalaştirilganini ma’lum qildi.

Tehron uruşdan oldin dunyodagi xom neft va suyultirilgan tabiiy gazning beşdan bir qismi taşiladigan Hörmuz böğozini bloklaşda davom etmoqda. Vaşington esa öz navbatida Eron portlarini blokada qilgan.

Tramp har qanday tinçlik kelişuvi Eronning yadroviy qurol işlab çiqa olmasligini kafolatlaşi kerakligini aytdi. Eronning talablari qatoriga esa xalqaro sanksiyalarni bekor qiliş, muzlatilgan milliardlab dollarlik aktivlarni ozod etiş va uning böğoz ustidan nazoratini tan oliş kiradi.