Jahon | 12:51 / 26.09.2025
1386
1 daqiqa o‘qiladi

EUobserver: YeI Rossiyadan turistlarga nisbatan yangi sanksiyalar kiritmaydi

Rossiyaliklar uchun viza cheklovlari o‘rniga Yevropa Ittifoqi 19-sanksiya paketi doirasida Rossiya ichidagi turizm bilan bog‘liq xizmatlarni taqiqlamoqchi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketi doirasida rossiyalik sayyohlarga yangi cheklovlar kiritmaslikka, balki Rossiya hududida turizm bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda 25 sentabr, payshanba kuni Yevrokomissiya (YeK) taklifi loyihasiga tayanib, EUobserver xabar berdi.

Yangi sanksiyalar paketi Rossiyada dam olmoqchi bo‘lgan Yevropa Ittifoqi fuqarolariga mo‘ljallangan, deb yozadi nashr. Yevrokomissiyaning ta’kidlashicha, bu «Rossiyaning bunday xizmatlardan oladigan daromadini kamaytirish va Rossiyada mavjud bo‘lmagan sayohat va dam olishni targ‘ib qilishni to‘xtatish uchun» qilinmoqda.

Cheklovlar Rossiyada Yevropa Ittifoqi fuqarolariga qarshi ehtimoliy repressiyalar, jumladan, o‘zboshimchalik bilan ushlash va hibsga olishlar fonida joriy qilinmoqda, deya tushuntirdi Yevrokomissiya.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid