Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
"AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik", - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Prezidentlarning so‘nggi uchrashuvlari va muloqotlari O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalarining misli ko‘rilmagan darajada kengayib borayotganini namoyish etdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti oliy darajada erishilgan kelishuvlarning to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etayotgani aytilgan.