Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklardagi muammoli kreditlar miqdori 21,8 trillion so‘mni tashkil etmoqda
Qaytarilmayotgan yoki muddati o‘tgan foizli qarzlarning qariyb 14,9 trillion so‘mi davlat banklariga, 6,9 trillion so‘mi esa xususiy banklarga to‘g‘ri keladi.
Foto: Kun.uz
Markaziy bank O‘zbekistondagi muammoli kreditlar miqdori bo‘yicha statistik raqamlarni e’lon qildi.
Joriy yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatdagi banklarda muammoli kreditlar miqdori 21,8 trillion so‘mni tashkil etgan.
Qaytarilmayotgan yoki muddati o‘tgan foizli qarzlarning qariyb 14,9 trillion so‘mi davlat banklariga, 6,9 trillion so‘mi esa xususiy banklarga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p muammoli kreditlar Milliy bankda — 3,1 trillion so‘m.
Agrobank (2,6 trillion so‘m), O‘zsanoatqurilishbank (2,4 trillion so‘m), Asakabank (1,9 trillion so‘m) kabi davlat banklarida ham qaytarilmayotgan qarzlar ulushi yuqori.
Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi eng yuqori ulushi Garant bankda qayd etilgan – 12,9 foiz.
Ro‘yxatda keltirilgan 36ta bankdan 5tasida muammoli kreditlar mavjud emas.
Mavzuga oid
12:07 / 27.01.2026
2025 yilda xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd dollarga yetdi
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026