Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan startaplar soni ochiqlandi
Hindistonning Business Central Asia jurnalida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan yaratilgan yangi investitsiya platformasi haqida maqola e’lon qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nashrda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida turli loyihalarga soddalashgan tartibda mablag‘ jalb qilish imkonini beradigan investitsiya platformasining ishga tushirilishini ma’lum qilgani ta’kidlangan.
Maqola muallifi endi har qanday kompaniya o‘z loyihasini investitsiya platformasida joylashtirishi, potensial investorlar esa o‘zlari qiziqqan sohani tanlab, mablag‘ kiritishi mumkinligini qayd etgan.
Jurnal, shuningdek, o‘quvchilar e’tiborini mamlakatning jadal rivojlanayotgan startaplar ekotizimiga qaratgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ortiq startap faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning dastlabki yetti oyida ular 264 million dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etgan. "Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan to‘rt barobar ko‘pdir. Mamlakat prezidenti yoshlarning 1000 ta startap g‘oyasini tijoratlashtirish, shundan 200 tasini xalqaro bozorga olib chiqish rejalashtirilganini qayd etdi", – deb yozgan hind jurnalisti.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 100 ta mahalliy startapni jahon miqyosidagi kompaniyalarga aylantirish rejalashtirilmoqda. "Raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytirish maqsadida banklar, moliya kompaniyalari va startaplarni birlashtiruvchi yangi "ochiq banking" ekotizimi joriy etiladi", – deb xabar bergan Business Central Asia.
Jurnalning mazkur sonida, shuningdek, O‘zbekiston hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa jihatlariga bag‘ishlangan maqolalar bosilgan.
Mavzuga oid
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
16:13 / 28.11.2025
Markaziy bank qoshida venchur fond va innovatsion hab tashkil etiladi
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025