Suhbat avvalida Oljas Bektenov davlat rahbariga Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada çuqurlaştirişning dolzarb masalalari körib çiqildi. Barça darajalardagi faol muloqot va özaro aloqalarning yuqori sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar tovar ayirboşlaş hajmi ortib borayotgani hamda yaqinda qabul qilingan yangi “yöl xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qöşma kooperatsiya loyihalari izçil amalga oşirilayotganini ta’kidladi.
Şuningdek, joriy yil iyul oyida ötkazilişi rejalaştirilgan Hukumatlararo komissiya yiğilişi hamda Aqtau şahrida bölib ötadigan hududlar rahbarlarining birinçi Kengaşiga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi qayd etildi.












