Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Optimus robotlari kung-fu o‘rganayotganini ko‘rsatdi
Videorolikda robot murabbiy rahbarligida mashqlarni qanday bajarayotganini ko‘rish mumkin.
Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Tesla tomonidan ishlab chiqilgan Optimus odamsimon roboti murabbiy qo‘l ostida kung-fu mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgani aks etgan videoni joylashtirdi.
Tesla Optimus learning Kung Fu pic.twitter.com/ziEuiiKWn7
— Elon Musk (@elonmusk) October 4, 2025
Mask o‘z xabarida shunday dedi: «Optimus kung-funi o‘zlashtirmoqda». Rolikda robot murabbiy rahbarligida mashqlarni qanday bajarayotganini ko‘rish mumkin.
May oyida Mask Optimus odamsimon roboti axlat tashish, supurish, changyutgich bilan tozalash, ovqat pishirish va derazalarni yopish kabi kundalik vazifalarni bajarish qobiliyatini namoyish etgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Tesla yangilangan Optimus robotini 2023 yil dekabr oxirlarida taqdim etgandi. Oldingi versiya bilan taqqoslaganda u harakatlarni yaxshiroq nazorat qilishni o‘rganib olgan. Bundan tashqari, robot o‘zidan oldingi versiyasidan 30 foiz tezroq harakat qiladi va 10 kilogrammga yengil.
Mavzuga oid
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
11:45 / 22.06.2026
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:40 / 12.06.2026