Toşkent şahrida humanoid robotlar va ularning butlovçi qismlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zavod qurilişiga start berildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Korxona qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimi 15 iyun kuni Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «Yangi Avlod» sanoat zonasida bölib ötdi. Tadbirda Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Ilzat Qosimov, Janubiy Koreyaning Özbekistondagi elçisi Von Do Yon hamda Robotis kompaniyasi prezidenti Kim Byong Su iştirok etdi.
Qayd etilişiça, yangi korxona yuqori texnologiyali işlab çiqarişni yölga qöyiş, xalqaro tajribani jalb etiş va malakali kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi. Loyiha Özbekistonda robototexnika sohasini rivojlantiriş böyiça muhim taşabbuslardan biri sifatida baholanyapti.

Ma’lumot uçun, 1999 yilda asos solingan Janubiy Koreyaning Robotis kompaniyasi avtonom robototexnika sohasida jahon yetakçilaridan biri sanaladi. Aktivlari 2,5 milliard dollarni taşkil etuvçi uşbu yirik korxonaning AQŞ, Yaponiya va Xitoyda vakolatxonalari mavjud. Kompaniya texnologiyalaridan Amazon, Microsoft, Apple, NASA, Google, Samsung va BMW kabi dunyoga maşhur gigantlar keng foydalanib keladi.
Mazkur loyiha doirasida qariyb 70 mln dollar investitsiya jalb etilişi, 2 mingdan ortiq yangi iş örni yaratilişi hamda 10 gektar maydonda zamonaviy işlab çiqariş majmuasi barpo etilişi rejalaştirilgan.

















