Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda ayollarga ro‘mol o‘rash majburiyati bekor qilindi
Bundan buyon axloq politsiyasi ayollarni boshini yopmagani uchun jazolamaydi.
Foto: NurPhoto
Eronda ayollar uchun ro‘mol o‘rash majburiyati bekor qilindi - endi uning yo‘qligi uchun jarima solinmaydi va huquqiy sanksiyalar qo‘llanilmaydi. Bu haqda Eronning maqsadga muvofiqlikni baholash kengashi a’zosi Muhammadrizo Bahonar ma’lum qildi.
«Yuridik va huquqiy nuqtai nazardan hijob to‘g‘risidagi qonun loyihasi endi ijro etilmaydi. Eronda endi hijob kiyishning qonuniy majburiyati yo‘q va bu hech qanday jarima, jazo yoki boshqa huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Agar muammolar yuzaga kelsa, politsiyaga ham shunday deb ayting», dedi u jurnalistlarga.
Bahonarning ta’kidlashicha, har bir mamlakatning o‘ziga xos kiyinish odatlari bor, ularga rioya qilish kerak, shuningdek, hukumat qarorlari ham bor. Shu bilan birga, «ba’zi odamlar hijobning majburiy bo‘lishiga erishmoqda», parlament binosi oldida mitinglar o‘tkazmoqda.
«Biz ularni jim bo‘lishga chaqirmaymiz. Gap tizimning milliy yechimlari haqida ketmoqda. Hozirda tizimning umumiy yechimi shundan iboratki, «Hijob to‘g‘risida»gi qonun majburiy emas», dedi u.
Avvalroq, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon ham hijob to‘g‘risidagi qonunni ijro etish bo‘yicha zo‘ravonlik choralariga qarshi chiqib, «kuch ishlatish usullari bilan odamlarni hijob kiyishga majburlab bo‘lmasligini», o‘tmishda bu usullarni qo‘llab, ularni hijobdan voz kechishga majburlab bo‘lmaganini aytgan edi.
Ta’kidlanishicha, hijob to‘g‘risidagi qonunning o‘zi emas, balki ayollar va qizlar uchun hijobni majburiy kiyish talabi bekor qilindi, bu ularga bosh kiyim kiyish yoki kiymaslikni tanlash imkonini beradi.
Maqsadga muvofiqlikni baholash kengashi - Eron oliy rahbari huzuridagi maslahat organi. Ushbu organning vazifasiga Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi va majlis o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarni hal qilish kiradi. Kengash tarkibi 25 kishidan iborat.
Mavzuga oid
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
20:31 / 22.11.2025