Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oslo aeroporti dron tufayli samolyotlar qo‘nishini vaqtincha to‘xtatdi
Oslo aeroporti dron aniqlanganidan so‘ng qo‘nishlarni vaqtincha to‘xtatdi. Rasmiylar kuzatuvni tasdiqlamadi, ammo tekshiruv uchun parvozlarni vaqtincha kechiktirdi.
Avinor operatoriga ko‘ra, Norvegiya poytaxti Oslo aeroporti 6 oktyabr, dushanba kuni aeroport yaqinida dron aniqlanganidan keyin bir yoki bir nechta qo‘nishlarni to‘xtatdi. NTB axborot agentligi xabariga ko‘ra, politsiyaga yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 03:00) Norwegian Air aviakompaniyasi uchuvchisi qo‘nishga yaqinlashayotganda uchtadan beshtagacha dronni payqagani haqida xabar kelgan. Buni keyinroq tasdiqlashning imkoni bo‘lmadi.
«Bir yoki bir nechta samolyot vaziyat aniq bo‘lgunga qadar havoda kutishga majbur bo‘ldi. Boshqa aeroportlarga qayta yo‘naltirish bo‘lmagan», — deya xabar berdi Avinor vakili. Operator ma’lumotlariga ko‘ra, aeroport ishida boshqa hech qanday uzilishlar qayd etilmagan. Tez orada aeroportda to‘liq havo qatnovi tiklandi.
Oxirgi haftalarda Yevropa aviatsiyasi dronlar va havo hududining buzilishi haqidagi xabarlar tufayli bir necha bor muammolarga duch keldi.
Oslo aeroporti 23 sentabrga o‘tar kechasi yaqin atrofda uchuvchisiz uchoqlar aniqlangani sababli o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan edi. Rasmiy ravishda kimga tegishli ekani aniqlanmagan dronlar Norvegiyaning boshqa hududlarida, shuningdek, Daniyada ham kuzatilgan va ular bir necha aeroportlarning yopilishiga olib kelgan.
So‘nggi paytlarda Vilnyus va Myunxen aeroportlarida ham dronlar ish to‘xtashiga sababchi bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:23 / 03.06.2026
Rossiya: Leningrad viloyatida 30 ta dron urib tushirildi
20:25 / 01.06.2026
Rossiyada yangi reja: masofaviy urush
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
12:53 / 17.05.2026