Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston hududida uglevodorodlar qazib olish huquqiga ega bo‘ldi
«Tolibon» hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga uglevodorodlarni geologik o‘rganish va qazib olish uchun litsenziyalar berdi.
Foto: Flickr
Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga uglevodorodlarni geologik o‘rganish va qazib olish uchun litsenziyalar berdi, deb xabar qildi O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 14 sentabr kuni To‘ti-Maydon gaz konini o‘zlashtirish boshlangan. Loyiha O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi tomonidan 25 yillik shartnoma asosida amalga oshirilmoqda, deb yozdi «Ozodlik» radiosining qozoq xizmati.
Mirzamahmudov ushbu loyiha hamkorlikning birinchi bosqichi bo‘lishini va keyinchalik ishlarni kengaytirish va yangi uchastkalarni o‘zlashtirish rejalashtirilganini ta’kidlagan.
«Tashabbus har ikki mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiradi», dedi u.
Vazir, shuningdek, Afg‘onistondagi barqarorlik va infratuzilmaning rivojlanishi O‘zbekiston uchun yangi tranzit imkoniyatlarini, jumladan, mintaqaviy iqtisodiy o‘sish uchun muhim bo‘lgan jahon okeaniga chiqishni ochishini ta’kidladi.
«Agar u yerda tinchlik bo‘lsa va iqtisodiyot rivojlansa, bu hudud biz uchun iqtisodiy o‘sish va logistika uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradigan tranzit yo‘nalishiga aylanadi», dedi u.
Vazir, shuningdek, Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdug‘ani Birodar Oxundning uchrashuv chog‘ida «O‘zbekiston prezidentining ko‘zlari va xatti-harakatlarida afg‘on xalqiga bo‘lgan muhabbat ko‘rinib turibdi», degan so‘zlari bilan o‘rtoqlashdi.
14 sentabr kuni Afg‘oniston shimolidagi To‘ti-Maydon konida gaz razvedkasi va qazib olish loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Konning gaz zaxiralari 3 trln kub metrga baholanmoqda.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026