Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov «erkin internetni qutqarishga» chaqirdi
Telegram asoschisining fikricha, «bir vaqtlar erkin axborot almashish va’dasi bo‘lgan narsa nazoratning eng muhim vositasiga aylanmoqda».
Foto: YouTube
Telegram asoschisi Pavel Durov 10 oktyabr kuni, 41 yoshga to‘lgan kunida internetdagi erkinlikka bag‘ishlangan post e’lon qildi.
«Bizning avlodda otalarimiz tomonidan biz uchun yaratilgan erkin internetni qutqarish uchun borgan sari kamroq vaqt qolmoqda», deb yozdi Durov.
Telegram asoschisining fikricha, «bir vaqtlar erkin axborot almashish va’dasi bo‘lgan narsa nazoratning eng muhim vositasiga aylanmoqda».
«Bir paytlar erkin bo‘lgan mamlakatlar antiutopik choralarni joriy qilmoqda», dedi Durov. Xususan, «Germaniya internetda amaldorlarni tanqid qilishga jur’at etgan har qanday kishini ta’qib qiladi. Buyuk Britaniya minglab odamlarni tvitlari uchun qamoqqa tashlamoqda».
«Fransiya erkinlik va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qiluvchi texnologik yetakchilarga nisbatan jinoiy tergov olib bormoqda», deb yozdi Durov. Ayni paytda unga nisbatan Fransiya huquq-tartibot idoralari jinoiy ishni tergov qilmoqda.
«Bizning avlod erkinlikka ega bo‘lgan va uni tortib olishga imkon bergan oxirgi odam sifatida tarixga kirishi mumkin», dedi Telegram asoschisi.
«Yo‘q, men bugun bayram qilmoqchi emasman. Vaqtim tugayapti. Vaqtimiz tugab bormoqda», deb qo‘shimcha qildi u.
Pavel Durov Fransiyada tergov va nazorat ostida. Mamlakat rasmiylari uni vakolatli organlarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumot berishdan bosh tortganlikda, voyaga yetmaganlarning pornografik xarakterdagi hakerlik dasturlari va tasvirlarini tarqatishda ishtirok etganlikda, shuningdek, jinoiy harakatlar oqibatida olingan pullarni legallashtirishda ayblagan.
Telegram bir necha bor Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada bo‘lganlikda va foydalanuvchilar ma’lumotlarini oshkor qilganlikda gumon qilingan. Messenjer rahbariyati, jumladan Durov bu ayblovlarni qat’iyan rad etib keladi.
Mavzuga oid
12:02 / 10.12.2025
Qarz so‘raydigan soxta tanish – Telegram’da profilni nusxalash bilan bog‘liq firibgarlik ko‘paymoqda
12:23 / 08.12.2025
Telegram Passkey funksiyasini ishga tushirdi, endi parol va SMS kiritish shart emas
10:41 / 01.12.2025
Pavel Durov 100 foiz maxfiy Cocoon SI-tarmog‘i haqida e’lon qildi
22:42 / 14.11.2025