Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy buyurtma shakllantirilgan edi.
Unga ko‘ra, xususiy tibbiyot tashkilotlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar (xususiy tibbiyot tashkilotlarining 85 foizi (7 284 tasi) qamrab olingan) o‘tkazildi.
Xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 2024 yil 1 yanvar holatiga 8 343 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yil 1 yanvarda 8 486 tani tashkil etgan.
Jumladan, 27,4 foizi (2000 tasi) amalda ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotgani, 3 foizida (235 tasi) peshlavhalari mavjud emasligi, 47 foizida (3 428 tasi) tashqi reklama obektlari joylashtirilgani, 20 foizida (1 460 tasi) axborotlar davlat tilida berilmagani, 61,5 foizida (4 483 tasi) xizmatlarning narxnomalari ko‘rsatilmagani aniqlandi.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim tibbiyot tashkilotlarining litsenziyasida mavjud bo‘lmagan faoliyat bilan ham shug‘ullanayotganlik holati aniqlangan.
Ular Samarqand viloyatida, Surxondaryo viloyatida, Toshkent viloyatida va Farg‘ona viloyatida aniqlandi.
Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan, to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun mutasaddi tashkilotlariga taqdim etildi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
20:20 / 25.05.2026