Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashg‘arda Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston - Turkmaniston multimodal marshruti ochildi
Xitoyning Qashg‘ar shahrida "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston" multimodal marshruti bo‘yicha yuk tashuvlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: "Dunyo" AA
Mazkur multimodal marshrutining ochilishi "Markaziy Osiyo – Xitoy", "Xitoy – Yevropa"ga eltuvchi yo‘llarni diversifikatsiya qilish hamda "O‘rta yo‘lak" tranzit imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
15 oktyabr kuni Qashg‘ar shahridan 7 ta avtomobil ushbu marshrut bo‘yicha harakatni boshladi. Avtomobillar 21 oktyabr kuni O‘zbekistonga va 24 oktyabr kuni Turkmanistonga yetib olishi rejalashtirilgan. Yuklarning bir qismi Turkmanistondan Ozarboyjonga yetkaziladi.
Tadbirda ishtirok etgan Xitoy Transport vazirligi Transport xizmatlari departamenti direktori Tsay Tuanszening aytishicha, "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston" multimodal transport marshruti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy davlat rahbarlarining o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga bo‘lgan irodalarining nishonasidir.
Tranzit marshruti barcha ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga, o‘zaro yuk tashuvlar hajmlari o‘sishiga hamda "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusining amalga oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
07:30 / 17.12.2025