Özbekiston va Qirğiziston çegarani demarkatsiya qiliş jarayoni doirasida ayrim yer uçastkalarini özaro almaşdi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti matbuot kotibi Askat Alağozov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, avval Özbekiston hududiga kirgan Çönğara va Toş-Tobo qişloqlari Qirğiziston tarkibiga ötkazilgan. Uşbu qişloqlarda 2,5 mingga yaqin aholi yaşaydi va ularning aksariyati etnik qirğizlardir.
Öz navbatida, Qirğiziston tomoni Özbekistonga çegara hududidan teng miqdorda yer uçastkalarini beradi. Aynan qaysi hududlar nazarda tutilayotgani oçiqlanmagan.
Şuningdek, Say va Tayan qişloqlari örtasida yangi avtomobil yöli qurilişi uçun tomonlar umumiy maydoni 236 gektar bölgan yer uçastkalarini ham almaşgan. Bu yöl Botken viloyati aholisi uçun Aydarkendan Botkengaça masofani 225 kmdan taxminan 55 kmgaça qisqartirişi kutilyapti.

















