O‘zbekiston | 14:04 / 20.10.2025
6292
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida issiq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda bu hafta juda issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +23…+28, kechalari +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Ish haftasi juda issiq va bulutsiz o‘tishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat foni kechalari +8…+13 daraja, kunduz kunlari +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan 46 darajaga yuqoridir.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Dushanba kunduzi harorat +21…+23 darajani tashkil etadi. Keyingi kunlarda harorat kechalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +24…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Mavzuga oid