Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxtumquli ko‘chasidagi yerosti tunnelida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasidan o‘tuvchi yerosti tunnelida rekonstruksiya ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Bunda, 410 metr uzunlikdagi tunnel har ikki tomondan yangilanadi, 8 000 m² metall konstruksiyalar o‘rnatiladi, 5 200 m² travertin toshlari bilan qoplanadi, 1 000 m² marmar va sokol ishlari bajariladi, 38 ta dekorativ panel o‘rnatiladi.
Kechasi tunnel yoritish tizimi yordamida yanada zamonaviy va jozibador ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Tunnel ustidagi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklariga esa bezakli temir panjaralar o‘rnatiladi.
Hozirda obektda 118 nafar mutaxassis va 6 ta texnika ishlamoqda.
Barcha ishlar 5 noyabrga qadar yakunlanadi.




Mavzuga oid
16:53 / 17.10.2025
Toshkentda noodatiy YTH: Chery Malibu ustiga chiqib qoldi
13:37 / 06.10.2025
Toshkentda Maxtumquli ko‘chasining bir qismi qariyb bir oyga yopildi
11:15 / 19.02.2025
Toshkentda haydovchi uxlab qolishi oqibatida Lacetti uchta mashina bilan to‘qnashdi
11:31 / 04.03.2020