Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noodatiy YTH: Chery Malibu ustiga chiqib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy yo‘l-transport hodisasi aks etgan videolar tarqaldi.
Kadrlarda Maxtumquli ko‘chasida qayrilib olish manyovrini barvaqt amalga oshirgan Chery 7 Tiggo Pro boshqa mashinadan qochishga urinib, beton to‘siqdan qarama-qarshi tarafga o‘tib ketgani va o‘z yo‘nalishida turgan Malibu’ning ustiga chiqib qolganini ko‘rish mumkin.
Voqeaga guvoh bo‘lgan Kun.uz muxbiriga ko‘ra, Malibu ichidagi yo‘lovchilar chiqarib olingan, Chery haydovchisi esa pastga tushirilgan.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan bergan dastlabki ma’lumotda aytilishicha, holat 17 oktyabr kuni soat 15:20 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu yerda Chery rusumli transport vositasi, Malibu-2 va 2 ta Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026