Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida havo harorati pasaya boshlaydi
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin pasaya boshlaydi va 25 oktyabrda kunduzi +23…+28 darajani, 26 oktyabrda +21…+26 darajani tashkil etadi.
Foto: Kun.uz
Juma kuni kunduzi va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
25–26 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayishni boshlaydi va 25 oktyabrda +23…+28 darajani, 26 oktyabrda +21…+26 darajani, shimolda 25–26 oktyabrda +19…+24 darajani tashkil etadi.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Shanba kuni kunduzi havo harorati +25…+27 daraja, yakshanba kuni +24…+26 daraja bo‘ladi. Harorat kechasi +13…+15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:09 / 19.12.2025
Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
10:38 / 13.12.2025