Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin «Burevestnik» qit’alararo raketa sinovi yakunlanganini e’lon qildi
Ta’kidlanishicha, 21 oktabr kuni «Burevestnik» havoda taxminan 15 soat davomida 14 ming kilometr masofani bosib o‘tgan «va bu chegara emas».
AQSh Tomahawk raketalarini Ukrainaga topshirishi haqida xabarlar tarqalganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin namoyish etishga va’da bergan yangi «mo‘jizaviy quroli» yadroviy kallak o‘rnatilgan «Burevestnik» qit’alararo raketasi bo‘lib chiqdi.
Putin bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va boshqa harbiylar bilan yig‘ilishda uning «hal qiluvchi sinovlari» yakunlanganini aytdi. Putin raketani dunyoda hech kimda bo‘lmagan «noyob va cheklanmagan masofali» qurol deb atadi.
O‘z navbatida, Gerasimovning aniqlik kiritishicha, 21 oktabr kuni «Burevestnik» havoda taxminan 15 soat davomida 14 ming kilometr masofani bosib o‘tgan «va bu chegara emas». General so‘zlariga ko‘ra, texnik xususiyatlar raketani «har qanday masofadagi yuqori himoyalangan obektlarga kafolatlangan aniqlik bilan» uchirish imkonini beradi.
Putin «qo‘llashning mumkin bo‘lgan usullarini aniqlash» va uni qurolli kuchlarda joylashtirish uchun infratuzilmani tayyorlashni boshlashni buyurdi. Shuningdek, u Rossiya yadroviy kuchlari «eng yuqori darajada» ekanini va shu ma’noda mamlakat bunday qurolga ega bo‘lgan barcha davlatlardan oldinda ekanini aytdi.
Putin birinchi marta «Burevestnik» haqida 2018 yilda Federal majlisga yo‘llagan murojaatida gapirgan edi. G‘arb razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan 2019 yilgacha raketa kamida 13 marta uchirilgan va faqat ikkita urinish qisman muvaffaqiyatli bo‘lgan, bittasi esa fojia bilan tugagan. 2019 yilda «Burevestnik» Barens dengiziga qulab tushdi va uni chiqarib olish paytida portlash sodir bo‘ldi, unda 7 kishi, jumladan Sarovdagi yadroviy markaz olimlari halok bo‘ldi.
Hodisa oqibatida paydo bo‘lgan radiatsiya buluti Severodvinskni qoplab, Skandinaviya mamlakatlariga yetib borgan edi. «Burevestnik»ning so‘nggi ma’lum sinovi 2023 yilda bo‘lib o‘tgan, shunda Putin muvaffaqiyat haqida gapirib, raketa ustidagi ishlar «deyarli tugaganini» ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
12:30 / 13.12.2025