O‘zbekiston | 17:38 / 28.10.2025
11149
1 daqiqa o‘qiladi

Cobalt mashinalari ortilgan treyler Qamchiqda xandaqqa tushib ketdi

«Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan treyler xandaqqa tushib ketdi. Bunga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr

Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan va temir to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan yuk avtomobillariga amaliy yordam ko‘rsatildi, deya xabar berdi FVV axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 28 oktyabr kuni soat 06:10 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida «Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan «SHACMAN» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan. Soat 07:40 da ushbu yo‘nalishda harakatlangan «DAF» rusumli yuk avtomobili haydovchisi ham boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilib, to‘xtab qolgan.

«Ushbu manzillarga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobillar xavfsiz hududga olib chiqildi», deyiladi FVV xabarida.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid