Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ro‘yxatga olishdan oldin ehtiyot choralari e’lon qilindi
Rasmiy manbalar aholini ro‘yxatga olish arafasida fuqarolarni firibgarliklardan ogohlantirdi: oflayn ro‘yxatni faqat “Mahalla yettiligi” a’zolari maxsus beyjik bilan amalga oshiradi, telefon/ijtimoiy tarmoq orqali ma’lumot so‘ralmaydi, SMS-kod yoki pul talab etilmaydi.
Foto: stat.uz
Ro‘yxatga olish tadbiri ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- 15–31 yanvar — OneID orqali census.stat.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish;
- 4–28 fevral — “Mahalla yettiligi” a’zolari planshet bilan uyma-uy oflayn ro‘yxatga olishni amalga oshiradi.
Tashrif buyuruvchi xodimlarning shaxsi beyjik orqali tasdiqlanadi. Respondentlardan SMS-kod, naqd yoki elektron to‘lov so‘rash holatlari qonunga xilof hisoblanadi.
Ma’lumotlar faqat maxsus ishlab chiqilgan yagona platforma — census.stat.uz orqali himoyalangan ma’lumotlar bazasiga yuboriladi. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Mutasaddilar fuqarolardan faqat rasmiy kanallarga ishonishni, shubhali qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga ishonmaslikni, ro‘yxatga oluvchilar kelganda esa beyjik va uskunalarni tekshirishni so‘radi.
Mavzuga oid
22:21 / 02.12.2025
Yevropa diplomatiyasi sobiq rahbari Federika Mogerini qo‘lga olindi
18:22 / 27.11.2025
Jahon banki bilan birga statistikani rivojlantirish milliy strategiyasi ishlab chiqiladi
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
08:20 / 24.11.2025