Sport | 23:34 / 06.11.2025
6580
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 11 da’vogarni aniqladi

FIFA 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 11 nomzodni aniqladi. Ro‘yxatga, boshqalar qatorida, PSJ klubining to‘rt nafar futbolchisi, jumladan, «Oltin to‘p» sohibi Dembele va «Barselona» klubining uch nafar futbolchisi kiritildi.

Foto: FIFA

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi (The Best sovrini) bo‘lishga da’vogar 11 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Da’vogarlar orasida Fransiyaning «PSJ» klubi tarkibida Chempionlar Ligasining to‘rt nafar g‘olibi - «Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele, Ashraf Hakimiy, Nunu Mendesh va Vitinya bor.

Shuningdek, Harri Keyn («Bavariya»), Kilian Mbappe («Real»), Koul Palmer («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Pedri, Rafinya va Lamin Yamal (barchasi - «Barselona») ham nomzodlar qatorida.

O‘tgan yili ushbu sovrinni «Real» klubining braziliyalik forvardi Vinisius Junior qo‘lga kiritgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid