Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda “Kalmayegi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Filippinda tabiat ofati sabab kamida 140 kishi halok bo‘ldi, yana 127 kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida qidirilmoqda. “Kalmayegi” to‘foni katta miqyosda vayronagarchilikka sabab bo‘lib, bu yil mintaqadagi eng kuchli ofatlardan biriga aylandi.
Filippinning favqulodda holatlar bo‘yicha idorasi 6 noyabr kuni ma’lum qilishicha, “Kalmayegi” to‘foni oqibatida mamlakat bo‘ylab kamida 140 kishi halok bo‘lgan. Yana 127 kishi bedarak deb hisoblanmoqda.
Ofatdan jabrlangan hududlarni kuzatgan harbiy vertolyot halokatida olti kishi nobud bo‘ldi. Qolgan qurbonlar toshqinlar, ag‘darilgan daraxtlar va binolar vayronalari tufayli halok bo‘lgan. 430 mingdan ortiq kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Tabiiy ofat mamlakatning eng yirik orol guruhlari — Luson, Visayas va Mindanaodagi 24 ta provinsiyaga ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab hududlarda elektr ta’minoti izdan chiqqan, o‘nlab aviaqatnovlar bekor qilingan.
5 noyabr kuni Filippinga yopirilgan to‘foni o‘ta kuchli shamollar, shiddatli yomg‘ir va bir necha metrli to‘lqinlar bilan kechdi. Filippin meteoxizmati PAGASA ma’lumotiga ko‘ra, dovul kuchi biroz pasaygan, biroq shamol hali ham soatiga taxminan 180 kilometrga yetmoqda.
Ko‘plab aholi punktlarida ko‘chalar to‘liq suv ostida qolgan, avtomobillar oqib ketgan yoki ag‘darilgan, odamlar tirik qolish uchun tomga chiqib olishga majbur bo‘lgan. Ayrim hududlarda talafotlar nihoyatda katta.
Sinoptiklar ma’lumoticha, Filippinda “Tino” nomini olgan “Kalmayegi” yetti marta quruqlikka chiqdi — so‘nggisi tonggi paytda Palavan provinsiyasining g‘arbidagi El-Nido shahrida qayd etildi. To‘fon chorshanba yoki payshanba kuni mamlakat hududini tark etib, Vetnam tomon yo‘nalishi kutilmoqda. Tailandning shimoliy hududlarida hafta oxirida kuchli yomg‘irlar bo‘lishi prognoz qilingan.
Shu oralarda meteorologlar ma’lum qilishicha, Filippinga yangi tropik siklon yaqinlashmoqda. U juma yoki shanba kuni quruqlikka yetib kelib, dam olish kunlarida soatiga kamida 240 kilometr tezlikkacha yetadigan “super-to‘fon”ga aylanishi mumkin.
Filippin yiliga taxminan 20 ta to‘fon zarbasiga uchraydi. Ular orasida eng vayronkori — 2013 yil noyabrida 6300 dan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan “Hayyan” to‘foni bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
11:46 / 17.11.2025
Filippin poytaxtida yuz minglab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilikka chiqdi
21:35 / 09.11.2025
Filippinda yaqinlashib kelayotgan tayfun sababli qariyb bir mln kishi evakuatsiya qilindi
15:29 / 08.11.2025