Filippinda tabiat ofati sabab kamida 140 kişi halok böldi, yana 127 kişi bedarak yöqolganlar sifatida qidirilmoqda. “Kalmayegi” töfoni katta miqyosda vayronagarçilikka sabab bölib, bu yil mintaqadagi eng kuçli ofatlardan biriga aylandi.
Filippinning favqulodda holatlar böyiça idorasi 6 noyabr kuni ma’lum qilişiça, “Kalmayegi” töfoni oqibatida mamlakat böylab kamida 140 kişi halok bölgan. Yana 127 kişi bedarak deb hisoblanmoqda.
Ofatdan jabrlangan hududlarni kuzatgan harbiy vertolyot halokatida olti kişi nobud böldi. Qolgan qurbonlar toşqinlar, ağdarilgan daraxtlar va binolar vayronalari tufayli halok bölgan. 430 mingdan ortiq kişi uyini tark etişga majbur böldi.
Tabiiy ofat mamlakatning eng yirik orol guruhlari — Luson, Visayas va Mindanaodagi 24 ta provinsiyaga ta’sir körsatdi. Köplab hududlarda elektr ta’minoti izdan çiqqan, önlab aviaqatnovlar bekor qilingan.
5 noyabr kuni Filippinga yopirilgan töfoni öta kuçli şamollar, şiddatli yomğir va bir neça metrli tölqinlar bilan keçdi. Filippin meteoxizmati PAGASA ma’lumotiga köra, dovul kuçi biroz pasaygan, biroq şamol hali ham soatiga taxminan 180 kilometrga yetmoqda.
Köplab aholi punktlarida köçalar töliq suv ostida qolgan, avtomobillar oqib ketgan yoki ağdarilgan, odamlar tirik qoliş uçun tomga çiqib olişga majbur bölgan. Ayrim hududlarda talafotlar nihoyatda katta.
Sinoptiklar ma’lumotiça, Filippinda “Tino” nomini olgan “Kalmayegi” yetti marta quruqlikka çiqdi — sönggisi tonggi paytda Palavan provinsiyasining ğarbidagi El-Nido şahrida qayd etildi. Töfon çorşanba yoki payşanba kuni mamlakat hududini tark etib, Vetnam tomon yönalişi kutilmoqda. Tailandning şimoliy hududlarida hafta oxirida kuçli yomğirlar bölişi prognoz qilingan.
Şu oralarda meteorologlar ma’lum qilişiça, Filippinga yangi tropik siklon yaqinlaşmoqda. U juma yoki şanba kuni quruqlikka yetib kelib, dam oliş kunlarida soatiga kamida 240 kilometr tezlikkaça yetadigan “super-töfon”ga aylanişi mumkin.
Filippin yiliga taxminan 20 ta töfon zarbasiga uçraydi. Ular orasida eng vayronkori — 2013 yil noyabrida 6300 dan ortiq inson hayotiga zomin bölgan “Hayyan” töfoni bölgan.







