Jamiyat | 11:42 / 07.11.2025
2896
1 daqiqa o‘qiladi

Imtiyozli suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga urinish fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda imtiyozli narxlarda aholi va ijtimoiy soha muassasalariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga urinish holati fosh etildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Tergovga qadar tekshiruv materiallariga ko‘ra, A.G.S. MChJ rahbari D.K. fuqaro M.X. bilan til biriktirib, imtiyozli tartibda taqsimlanishi kerak bo‘lgan 10 200 kg suyultirilgan gazni 76,5 mln so‘mga sotishga kelishgan. Tezkor tadbir chog‘ida Kamaz rusumli gaz tashuvchi yuk avtomashinasiga 10 360 kg gaz yuklab berilayotgan vaqtda ular ushlangan.

Hodisa joyida fuqaro A.F.ning avtomashinasidan 35 mln so‘m va 2 000 AQSh dollari pul mablag‘i ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid